“Tolibon” harakati Afg‘onistonda siyosiy partiyalar faoliyati to‘liq taqiqlanganini e’lon qildi. Bu haqda Aamaj News’ga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Siyosiy partiyalar faoliyati shariat asosiga ega emas, ular millat va xalq manfaatlariga javob bermaydi”, dedi "Tolibon" hukumatidagi adliya vaziri Abdul Hakim Sharai.
Ma'lum qilinishicha, 2021-yil avgustida Tolibon Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgunga qadar mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan 73 ta siyosiy partiya bor edi. Partiya yetakchilarining aksariyati mamlakatni tark etgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52901 | Инструменты