Huawei 1
Tramp 500 ming nafar muhojirni huquqiy maqomidan mahrum qiladi

AQSH Oliy sudi Donald Tramp maʼmuriyatiga Jo Baydenning 500 mingdan ortiq migrantga mamlakatda yashash imkoniyatini taqdim etish borasidagi gumanitar dasturini bekor qilishga ruxsat berdi, deb yozmoqda The New York Times.

«Sudya Ketanji Braun Jekson nomiga berilgan va u tomonidan ko‘rib chiqishiga yuborilgan [sud qarorini] to‘xtatib turish bo‘yicha iltimosnoma qanoatlantirildi», — deyiladi qarorda.

Qaror AQSHdagi Kuba, Nikaragua, Venesuela va Haitidan kelgan migrantlarni deportatsiya qilish imkonini beradi. Jo Bayden prezidentligi davrida ishga tushirilgan dastur ularga Qo‘shma Shtatlar hududiga kirish va xususiy homiy mavjudligi sharti bilan tezlashtirilgan tartibda ishlash uchun ruxsatnoma olish imkoniyatini taqdim etgan.

Bayden maʼmuriyatining gumanitar dasturini bekor qilish taklifi — Trampning migratsiya siyosatiga bog‘liq ko‘plab qarorlaridan biridir. Prezidentlik muddati boshlanganidan keyin Donald Tramp maʼmuriyati deportatsiya qilingalar ro‘yxatini eʼlon qilishni to‘xtatib qo‘ydi. Aprelda Oq uy sud jarayonlari uzoq davom etishi sabab migrantlarni sud qarorisiz mamlakatdan chiqarib yuborishni taklif qildi.

20 may kuni sud Tramp maʼmuriyatiga Venesueladan kelgan qariyb 350 ming migrantni deportatsiya qilishga ruxsat berdi. Ular AQSHda vaqtinchalik himoya dasturi asosida yashab kelgan. Shu kuni The Washington Post gazetasi Tramp maʼmuriyati yuz minglab migrantlar uchun deportatsiya rejasini ishlab chiqqani haqida yozdi. Sudan, Afg‘oniston, Yaman, Liviya, Ukraina va boshqa davlatlar fuqarolari ushbu ro‘yxatga kiritilishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60202 | Инструменты