Kiyev va Vashington o‘rtasida imzolangan Ukraina mineral resurslari bo‘yicha kelishuv Qo‘shma Shtatlarga uch yildan ortiq vaqt davomida o‘zini Rossiya agressiyasidan himoya qilib kelayotgan mamlakatni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflagan milliardlab mablag‘ni qoplashga yordam beradi. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar ushbu yordam uchun sarflangan 350 milliard dollardan ham ko‘proq mablag‘ oladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp 1 may, payshanba kuni ertalab NewsNation axborot tarmog‘i orqali bayonot berdi.
Studiyada moderatorning AQShning Ukrainadagi mavjudligi mintaqada Vladimir Putinni to‘xtatib turishi mumkinmi degan savoliga telefon orqali javob berar ekan, Tramp shunday ta’kidladi: «Bunday bo‘lishi mumkin edi. Lekin men buni qilganim (Ukraina bilan resurs shartnomasini imzolaganim) sabab, biz 350 milliard dollar yoki shunga yaqin mablag‘ kiritganmiz, Yevropa esa yuz milliard dollar mablag‘ bergan. Ular pullarni qarzga bergan. AQShning avvalgi prezidenti Bayden ularga 350 milliard dollarni naqd pul va jihozlar ko‘rinishida topshirdi. 350, va biz hech narsa olmadik. Davlat rahbari sifatida o‘zimni juda ahmoqdek his qildim, sababi Yevropa o‘z pullarini qaytarib oladi, garchi u ancha kichikroq bo‘lsa-da, biz esa hech narsa olmaymiz. Shuning uchun men ular (ukrainaliklar)ning oldiga bordim va: «Biz nodir metallarni olamiz», dedim. Ularda ba’zi minerallar, materiallar bor, ular ko‘plab boshqa joylarda yo‘q. Bugun biz 350 milliard dollardan ko‘proq pul oladigan bitim tuzdik».
Shu bilan birga, Tramp Ukrainadagi urush tugashiga erishishni xohlashi aytdi, sababi «u yerda har hafta o‘rtacha 5000 nafar yosh askar halok bo‘lyapti». «Rossiyaliklar va ukrainaliklar. Bu amerikaliklar emas, lekin gap odamlar haqida ketyapti va bu juda achinarli».
Ayni paytda Britaniyaning BBC mediakompaniyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, AQShning Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun sarflagan umumiy miqdori Donald Tramp aytayotgan 350 milliard dollardan «ancha kam».
Alpha version: 0.9.1.19 build 60703 | Инструменты