O'zaro hamkorlikning yangi ufqlariga bag'ishlangan ushbu nufuzli tadbir Yevropa va tashqi ishlar vazirligi iqtisodiy diplomatiya direktori Lyudovik Puye, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov hamda "French Healthcare" assosiasiyasi Prezidenti Jan-Per Boffining kirish so'zlari bilan boshlandi.
Forum doirasida onkologiya, shoshilinch tibbiy yordam, mutaxassislar malakasini oshirish kabi yo'nalishlarda panel muhokamalari va "B2B" muzokaralari o'tkazildi.
Muloqot davomida ikki mamlakat klinikalari va shifoxonalari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalasiga alohida e'tibor qaratildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31217 | Инструменты