Huawei 1
Toshkent viloyatida psixofaol dorilarini yashirib tarqatayotgan “zakladchik”lar ushlandi

“Xavfsiz hudud” tezkor profilaktik tadbiri doirasida Qibray tumani “Ahillik” mahallasi hududida, Toshkent viloyati IIBB 1-mintaqaviy hudud, patrul-post xizmati xodimlari tomonidan “zakladchik”lar bilan bogʻliq holat fosh etildi.

Xodimlar xizmat vaqtida, shubhali harakat qilgan 22 yoshlar atrofidagi ikki nafar shaxslarni kuzatganlar. Kuzatuv davomida xodimlardan qochishga uringan 2003 yilda tugʻilgan (M. A. va J. M.)lar ushlanib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.

Natijada ularning yonidan 520 dona qadoqlangan holatdagi kuchli taʼsir qiluvchi, psixofaol dori vositalari borligi aniqlanib, IIB tezkor xodimi ishtirokida daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirildi. Aniqlanishicha ushbu shaxslar mazkur vositalarni hududning xufiyona joylarida “zakladka” koʻrinishida yashirish maqsadida olib kelganlar.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Toshkentda “zakladchik”ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31217 | Инструменты