Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shma shtatlar USAID orqali davlatlarning ichki siyosatiga aralashgani, geosiyosiy ambitsiyalarini amalga oshirishda foydalanib kelgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Agar shunday bo‘lsa, demak prezident Tramp o‘z oyog‘iga o‘zi bolta urgan bo‘ladimi?
Uzreport TV jurnalisti Gulnoza Husanova hamkorimiz "Amerika Ovozi" jurnalisti Navbahor Imamova bilan bo'lgan suhbatda ushbu savolga javob oldi.
"Hozir AQSH Xalqaro agentligini tekshirar ekan, pul isrof qilingan, pul behuda dasturlarga Amerika manfaatlariga javob bermaydigan mahsulotlarga sarflagan, degan iddoa har kuni yangrab turibdi. Endi bu reviziya mana shu tekshiruv natijalari o'laroq nimalar e'lon qilinadi buni albatta vaqt ko'rsatadi. Lekin Davlat kotibi Mark Rubio aytyapdiki biz allqachon o'nlab loyihalarga ruxsat berganmiz. "Chunki ular rostan ham bizning maqsadlarimiz yo'lida xizmat qiladi" deya.
Endi Amerika tizimi masalan bu Federal tizimning bir qismi. AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi va Amerika federal tizimidagi hamma tashkilotlar bir biri bilan ishlaydi. Buni hechkim hech qachon inkor etolmaydi, chunki siz bir federal tizimsiz. Lekin har bir tashkilotning o'z missiyasi bor, hozir prezident Tramp mana shu missiyani qayta ko'rib chiqmoqda. Mana shunisi bilan qiziq deylik hozirgi jarayonlar. "Endi bu qanday belgilanadi, islohot deganda Tramp nimani nazarda tutyapdi? Deylik O'zbekistonda qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirishga yordam berish yoki irrigatsiya tizimlarini yaxshilash Amerika manfaatlari uchun qanchalik javob beradi?" degan savolga javob berilishi kerak AQSH xalqaro taraqqiyoti agentligi tomonidan.
Endi shu paytgacha argument shu bo'lganki "AQShda davlatlar qanchalik tinch bo'lsa, qanchalik rivojlansa, qanchalik erkin-adolatli bo'lsa, u yerda qonun qanchalik ustivor bo'lsa, barqaror bo'ladi, va bizning boshimizga og'riq bo'lmaydi va dunyoning har bir davlati tinch yashar ekan biz ham tinch bo'lamiz" deb kelingan. AQSH davlat xavfsizligi, Milliy xavfsizligi, strategiyasi deylik tashqi siyosiy strategiyasi bilan bog'liq hujjatlarga nazar tashlasangiz mana shuni ko'rasiz.
Ya'ni dunyoning har bir davlatining tinchligi va barqarorligi AQSH xavfsizligi uchun xizmat qiladi, deyilgan. Mana shularni hammasini bog'lash kerak hozir va bu albatta chuqur tahlil va judayam uzoq strategik tushuncha hamda tasavvur talab qiladi. Buni masalan Tramp ma'muriyati qanchalik eplay oladi, buni qanchalik anglay oladi, biz endi ko'ramiz yani hozirgi qilinayotgan ishlardan muddao o'zi shu", deydi Navbahor Imamova.
Mavzuga oid:
Alpha version: 0.9.1.19 build 21220 | Инструменты