Turkiya tomonlar kelishadigan format va parametrlar doirasida Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralar uchun maydon bo‘lishga tayyorligini ma’lum qildi, deya “RIA Novosti” xabar berdi.
Turkiya TIVdagi manbaning aniqlik kiritishicha, mamlakat hozircha tomonlarga muzokaralar bo‘yicha hech qanday rejani taklif qilmagan.
Manbaning ta’kidlashicha, Istanbul maxsus operatsiya boshidanoq muzokaralar orqali tinchlikka erishish tarafdori. Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat Rossiya-Ukraina urushining dastlabki kunlarida mamlakat mojaro tomonlarini Antaliya va Istanbulda birlashtirgan va u yerda ular “tinchlikka juda yaqin kelgan”.
Nashr suhbatdoshi, bo‘layotgan ziddiyatda diplomatiya uchun joy ochish vaqti kelganini qayd etdi.
“Turkiya tinchlik yo‘lidagi sa’y-harakatlarda vositachi rolini o‘ynashga va tomonlar tomonidan o‘zaro kelishilgan format va parametrlar doirasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan muzokaralarni qayta qabul qilishga doimo tayyor. Biroq bundan tashqari, Turkiya tomonlarga hech qanday aniq reja taqdim etmagan”, deydi u.
Joriy yilning 2-yanvar kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Belgiya tashqi ishlar vaziri Bernar Kenten bilan muzokaralar chog‘ida Ukrainadagi o‘t ochishni imkon qadar tezroq to‘xtatishga chaqirdi. Shuningdek, u mojaro tufayli yuzaga kelgan migratsiya, iqtisodiy va boshqa inqirozlarni tezroq to‘xtatish kerakligini aytdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10814 | Инструменты