Huawei 1
Turkiyada Istanbul merining hibsga olinishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Turkiyada Istanbul merining hibsga olinishi munosabati bilan ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Ekrem Imamo‘g‘li Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning navbatdagi prezidentlik saylovlarida asosiy raqibi hisoblanadi. Reuters xabariga ko‘ra, Ekrem Imamo‘g‘li terrorchi deb tan olingan Kurdiston ishchilar partiyasiga yordam ko‘rsatganlikda gumon qilinmoqda.

Istanbul hokimi bilan birga yuzdan ortiq odam hibsga olindi, shahar ko‘chalarida norozilik namoyishlari boshlandi, muxolifat esa mitinglarga chaqirdi.

Kecha ertalab politsiya Ekrem Imamo‘g‘lining uyida tintuv o‘tkazgan, shundan so‘ng u so‘roqqa olib ketilgan. Prokuratura amaldorni Turkiya Jinoyat kodeksining yetti moddasi, jumladan jinoiy guruh tashkil etish, yirik miqdordagi firibgarlik va poraxo‘rlikda ayblamoqda.

Hibsga olinishidan oldin siyosatchi taslim bo'lish niyatida emasligini va kurashni davom ettirishini aytgan postini chop etishga muvaffaq bo'ldi.

2019-yildan beri shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Ekrem Imamo‘g‘li 2028-yilda bo‘lib o‘tadigan Turkiya prezidentlik saylovlarida muxolifatning asosiy nomzodi sanaladi. Yakshanba kuni Respublika Xalq partiyasi (CHP) uni o'z nomzodi sifatida tanlashi va uni amalda Rajab Toyyib Erdo'g'anning asosiy raqibiga aylantirishi kutilgan edi.

Muxolifat yetakchisi O‘zg‘ur O‘zel norozilik namoyishlariga chaqirdi.

Istanbul viloyati gubernatorligi shaharda har qanday namoyish va mitinglarni taqiqladi. NetBlocks xalqaro internet-monitoring xizmati Turkiya bo‘ylab bir qator mashhur ijtimoiy tarmoqlarga kirish cheklanganini da‘vo qilmoqda.

Istanbul aholisi o'z xonadonlarida qozon-tovoqlarni urishmoqda. Ular shahar hokimining hibsga olinishiga shunday norozilik bildirishmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32023 | Инструменты