Huawei 1
Rossiyada o‘zbekistonlik oshpazni do‘pposlab, mashinasini o‘g‘irlab ketishdi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik oshpaz do‘pposlanib, uning avtomobili o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “78.ru” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 17 mart kuni soat 20:00 lar atrofida Ximikov ko‘chasida sodir bo‘lgan. Uch nafar noma’lum shaxs avtomobildan tushib, 27 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘llari va tayoq bilan do‘pposlagan, so‘ngra uning mashina kalitlarini olib, transport vositasini haydab ketgan.

Huquq-tartibot organlari dastlabki ma’lumotlarga asoslanib, hodisa ish joyidagi mojaro tufayli sodir bo‘lgani taxmin qilmoqda. Hozirda jinoyatchilar qidirilmoqda va ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, hujum qilgan shaxslarning o‘zlari ham O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32110 | Инструменты