Turkiyada migrantlarga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

Turkiyaning turli shaharlarida muhojirlarga qarshi pogrom va namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Mahalliy aholi ko‘chalarga chiqib, migrantlarni deportatsiya qilishni, prezident Erdo‘g‘ondan esa iste’foga chiqishni talab qilgan. 

Namoyishlarga suriyalik erkak 5 yoshli bolaga nisbatan zo‘ravonlik harakatlari sodir etgani sabab bo‘lgan. Mazkur hodisa tufayli g‘azablangan mahalliy aholining bir guruhi suriyalik qochqinlarga tegishli do‘konlar, uylar va mashinalarni yoqib yuborgan va ularga toshlar otgan. Tartibsizliklar 30-iyun kuni tunda boshlangan. Bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilgan suriyalik erkak qo‘lga olingan, bola esa himoyada ekani aytilmoqda.

Politsiya olomonni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan, to‘qnashuvda 14 nafar xavfsizlik kuchlari va bir o‘t o‘chiruvchi yaralangan.

Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya 67 kishi hibsga olinganini aytgan. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on muxolifatni zo‘ravonliklarni qo‘zg‘atganlikda ayblagan.

Mazkur namoyishlarga javoban Suriyaning 7 ta shahrida Turkiyaga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tgan, u yerda Turkiya bayroqlari va hatto Turkiya davlat raqamlari bo‘lgan yuk mashinalari yoqib yuborilgan. Natijada 7 kishi halok bo‘lgan, 25 kishi yaralangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70419 | Инструменты