Huawei 1
Turkmaniston va Afg‘oniston elektr energiyasi sohasida shartnoma tuzdi

“Da Afghanistan Breshna Sherkat” (DABS) energetika kompaniyasi “Turkmenenergo” davlat korporatsiyasi bilan Afg‘onistonning Hirot viloyatida energetika loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma tuzdi

Muzokaralar chog‘ida “Nur-ul-Jehad” podstansiyasining elektr ta’minotini 110 kilovoltdan 220 kilovoltgacha kengaytirish loyihasi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.

“Asosiy e’tibor loyihaviy tadqiqotlar, hujjatlarni tayyorlash, xavfsizlik, sug‘urta va boshqa texnik jihatlarga qaratildi. Pudratchiga kerakli hujjatlarni tayyorlash uchun vaqt berildi”, — deyiladi DABS bayonotida.

Afg‘oniston elektr energiyasining 80 foizdan ortig‘ini Markaziy Osiyo va Erondan import qiladi. Yaqin vaqtgacha uning ehtiyojlarining deyarli yarmi O‘zbekiston tomonidan ta’minlanar edi, endi u sanoat yuksalishi tufayli ichki iste’molga yo‘naltirilgan.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52902 | Инструменты