Huawei 1
Ukraina yaqin besh yil ichida YeIga a’zo bo‘ladi – Zelenskiy

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy uning mamlakati yaqin besh yil ichida Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishiga ishonch bildirdi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Prezidentga ko‘ra, Ukraina Yevropa parlamenti tomonidan Ursula fon der Lyayen raisligidagi Yevrokomissiyaning yangi tarkibi tasdiqlanganini mamnuniyat bilan qarshi olgan.

Zelenskiy Yevropa Ittifoqining yangi tarkibiga yagona Yevropani mustahkamlash va uning jahon miqyosidagi yetakchi sifatidagi mavqeini oshirishda muvaffaqiyatlar tilagan. Prezident Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishining muhim masalalari bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga umid bildirgan.

Shuningdek, Zelenskiy Yevropa Ittifoqining kelasi 5 yillik faoliyati davrida Ukraina uning tarkibiga qo‘shila olishiga ishonch bildirgan.

“Yevropa Ittifoqining ushbu tarkibi faoliyati davomida Ukraina o‘zining strategik maqsadiga – ittifoqqa a’zolikka erishishiga ishonamiz”, degan Zelenskiy.

Ma’lumot uchun, Yevropa parlamenti saylovlaridan so‘ng Ursula fon der Lyayen Yevropa komissiyasi rahbari etib saylangandi. Bu uning Yevrokomissiya rahbari sifatidagi ikkinchi muddati hisoblanadi.

Sentyabr oyida u Yevropa Komissiyasining yangi tarkibini taqdim etgan. Kengash 26 ta Yevropa vakillaridan iborat bo‘lib, Germaniyadan tashqari barcha Yevropa davlatlari bir nafardan o‘z vakilini taklif qilgan. Ular Yevropa Ittifoqi rahbari Ursula fon der Lyayen tomonidan tasdiqlangan.

Yevropa Ittifoqidagi asosiy lavozimlardan biri Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi Estoniya sobiq bosh vaziri Kaya Kallasga berilgan. U xavfsizlik va tashqi siyosat bo‘yicha Yevropaning oliy vakili bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112818 | Инструменты