Ukraina Oliy Radasi mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlikni 90 kunga, ya’ni 9-noyabrgacha uzaytirishni qo‘llab-quvvatladi. Qonun loyihasi parlamentga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan kiritilgan.
Oliy Rada deputati Yaroslav Jeleznyak Telegram kanalida yozishicha, 353 deputatdan 338 nafari harbiy holat va safarbarlik muddatini uzaytirish uchun ovoz bergan.
Ukraina hududida harbiy holat rejimi 2022-yil 24-fevralda joriy qilingan edi. Ertasi kuni Vladimir Zelenskiy umumiy safarbarlikni boshlash to'g'risidagi farmonni imzolagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103011 | Инструменты