Huawei 1
Ukrainadagi samolyot halokatining sabablari ochiqlandi

Ukrainaning Xarkov viloyatida kuni kecha An-26 harbiy samolyoti halokatga uchradi. Fojiada 20 kishi vafot etdi, 2 kishi omon qoldi.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, An-26 samolyotining qulashiga dvigatelning ishlamay qolgani sabab bo'lgan. Bu haqda mahalliy OAV Ukraina Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.

Mudofaa vazirligi vakilining so'zlariga ko'ra, havo kemasi komandiri ratsiya orqali dvigatelda muammo borligini aytgan.

Samolyot komandiri 30 yoshli mayor fojiada halok bo'lgan. Samolyot bortida jami 28 kishi bor edi to'rt kishining taqdiri hozirda noma'lumligicha qolmoqda. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, fojiadan oldin ular samolyotdan sakrashga ulgurgan.

Mamlakat prezidenti ma’muriyatining rasmiy bayonotida aytilishicha, samolyot kursantlar ishtirokida o’quv mashqini bajarayotgan bo’lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga