Ukrainaning Kursk oblastiga bergan zarbasi oqibatida o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) tomonidan Rossiyaning Kursk oblasti, Rilsk shahriga berilgan raketa zarbasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Kursk oblasti gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksandr Xinshteyn ma’lum qildi.

«Vayron qilingan mehmonxona ostidan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 39 yoshli erkakning jasadi topildi», deb yozdi u.

Xabarda o‘zbekistonlik marhumning ismi sharifi keltirilmagan.

Xinshteyn so‘zlariga ko‘ra, hujum oqibatida yaralangan ikki kishi Kursk oblasti shifoxonasida og‘ir ahvolda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22014 | Инструменты