Uzoq kutilgan Bayden va Erdo’g’on uchrashuvi qanday kechdi?
AQSH prezidenti Jo Bayden Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo’g’on bilan NATO sammiti doirasida yuzma-yuz uchrashdi. Uzoq kutilgan uchrashuv kutilgan natijani bermadi.
Shunga qaramay, Baydenning so’zlariga ko’ra, tadbir ko’tarinki ruxda o’tgan.
"Jamoalarimiz muhokamalarni davom ettiradi. Umid qilamanki, Turkiya va AQSH o’rtasida haqiqiy rivojlanishning guvohi bo’lamiz”, dedi Bayden.
Erdo’g’onning fikriga ko’ra esa, tomonlar o’rtasidagi hamkorlik yo’nalishlari, muammolardan ko’ra ko’proqdir.
Ammo na Erdo’g’on, na Bayden muammolarning yechimi haqida biror izoh berdi.
Turkiya tomonidan Rossiya qurollarining sotib olinishi NATOdagi davlatlarning g’azabini keltirgan edi.
Shu bilan birga, tashkilot bo’yicha hamkor davlatlar Turkiyani Gretsiya va Kipr masalalarida ham tanqid qilmoqda edilar.
Vashington Turkiyani F-35 qiruvchi samolyotlar dasturidan chiqarib tashladi.
Erd’og’on Afg’oniston poytaxtidagi markaziy aeroportni qo’riqlab, uning muntazam faoliyat olib borishiga o’z xissasini qo’shishini bildirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61301 | Инструменты