Vafot etgan Jorj Floydning qizi Disney kompaniyasining aksiyadoriga aylandi
Minneapolisda politsiya tomonidan o’ldirilgan Jorj Floydning qizi Disney kompaniyasining ulushiga egalik qiladi. Mashxur qo'shiqchi va aktrisa Barbara Streyzand marxumning qiziga kompaniya aksiyalarini sovg’a sifatida taqdim etdi.
Olti yoshli Djianna Disneyning aktsiyadoriga aylandi va maxsus guvoxnoma bilan ijtimoiy tarmoqqa o’z su’ratini va minnatdorchilik so’zlarini joyladi.
Ikki marta Oskarni qo’lga kiritgan 78 yoshli Streyzand qizchaga o’zining 2ta albomini ham sovg’a qildi.
Walt Disney kompaniyasi dunyodagi eng yirik media konglomeratlardan biridir. 2019 yil oxirida uning bozor baxosi $240 milliard dollarni tashkil etdi. 1923yilda aka-uka Ualter va Roy tomonidan kichik animatsiya studiyasi sifatida tashkil etilgan kompaniya bugungi kunda kino va animatsiya mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51015 | Инструменты