Huawei 1
"Wednesday" filmi rekordlarni urishda davom etmoqda

Avvalroq, “Wednesday” seriali Netflixda rekord o'rnatgani haqida xabar bergan edik. So'nggi xabarlarga ko'ra, “Wednesday” filmi birin ketin rekordlarni yangilamoqda. Serial 93 ta mamlakat hududida eng ommabop bo‘lib turibdi.

Film so‘ngi bir haftada 411 million soatdan ko‘proq tomosha qilingan va bu ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallagan. Ikkinchi pog‘onadagi “1893” seriali 44 million soatdan ko‘proq tomosha qilingan.

Shuningdek, bir nechta kino mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu film “yil seriali”ga asosiy davogarlardan biri bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122605 | Инструменты