Xalqaro Mehnat Tashkiloti: pandemiya davrida 400 million odam ishsiz qoldi

Seshanba kuni Jenevada Xalqaro Mehnat Tashkilotining global sammiti o’z ishini boshladi. Tashkilot rahbari Gay Rayder o’z nutqida pandemiya jahon mehnat bozorida “misli ko’rilmagan inqiroz” paydo qilgani haqida gapirdi.  

9 iyulgacha davom etadigan sammitda 50ga yaqin mamlakat va hukumatlarning rahbarlari ishtirok etmoqdalar.  

Gay Rayderning fikriga ko’ra, global miqyosda qaraydigan bo’lsak, ishchilarning 93% karantin cheklovlari joriy qilingan hududlarda yashaydi.

400 millionga yaqin odam koronavirus sabab ishidan ayrildi. Vaziyatni yahshilashga $10 trillion dollar mablag’ sarflandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50822 | Инструменты