Huawei 1
Xitoy banklari HR xodimlarini sun’iy intellektga almashtirmoqda

Xitoy banklari HR xodimlarni sun’iy intellektga almashtirmoqda. Bu haqda South China Morning Post xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Xitoy banklari tobora ko‘proq xodimlarni tanlash xarajatlarini kamaytirish va samaradorlikni oshirish maqsadida suhbatlar o‘tkazish uchun sun’iy intellektga asoslangan vositalarni joriy etmoqda.

“Bank of China” va “Industrial and Commercial Bank of China” kabi davlat banklari, shuningdek, “Hangzhou Bank” va “Shanghai Bank” singari mintaqaviy moliyaviy tashkilotlar allaqachon bunday yangi yondashuvlarni qo‘llashga o‘tgan.

Bunday vositalar orasida sun’iy intellekt intervyulari mavjud bo‘lib, ularning har biri kuniga 2,5 mingtagacha suhbat o‘tkazish imkoniyatiga ega.

Sun'iy intellektdan foydalangan holda suhbatlar yozma imtihondan keyin va shaxsiy suhbatdan oldin o‘tkaziladi.

Talabgorlar sun’iy intellekt suhbatchisi bilan rejalashtirilgan muloqotdan oldin maxsus dasturiy ta’minotni yuklab olishlari, shuningdek, kamera va mikrofonning ishlashini tekshirib ko‘rishlari zarur.

Bunday suhbatlardan ishtirok etgan nomzodlardan birining aytishicha, ushbu vosita har bir savolga ikki marta javob berish imkoniyatini yaratadi.

Boshqa bir nomzod ta’kidlaganidek, suhbat o‘tkazuvchi tarafkashlikdan xoli bo‘lib, nomzodga hech qanday bosim o‘tkazmaydi.

Savollarga javob berish va pauzalar paytida sun’iy intellekt shakli bosh irg‘ab yoki boshini egib, nomzod bilan aloqa o‘rnatadi.

Biroq nomzodlardan ayrimlari sun’iy intellekt suhbatlashuvchisi ishdan chiqqanligi sababli yuzaga kelgan texnik muammolar haqida ma’lum qildi.

“South China Morning Post” bilan suhbatlashganlardan biri ushbu vositada insonlar bilan muloqot qilish uchun zarur bo‘lgan noziklik yetishmasligini ta’kidladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122023 | Инструменты