Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Xitoydan nafas olish yo‘llari kasalliklarining ko‘payishi va bolalarda pnevmoniya avj olishi bo‘yicha xavotir bildirib, mamlakat rasmiylaridan vaziyat bo‘yicha ma’lumot so‘ragani xabar qilingandi. Xitoyning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi va Pekin bolalar kasalxonasi JSST so‘roviga javob berdi.
Qayd etilishicha, Xitoyda bolalar orasida tarqalgan virusli epidemiyaga gripp, adenovirus, mikoplazma pnevmoniyasi va respirator-sinsitial virus kabi ma’lum patogenlar sabab bo‘lgan. Epidemiya qandaydir yangi virus sababli kelib chiqqani haqidagi xabarlar asossiz.
Pekin bu holatlarning ko‘payishi ma’lum patogenlar bilan bog‘liqligini va bu kutilmagan emasligini aytdi.
Avvalroq, The Telegraph nashri butun dunyo bo‘ylab odamlar va hayvonlar kasalliklarining tarqalishini kuzatuvchi ProMed tashkiloti ma’lumotlariga tayanib, Xitoy shimolida bolalarda noma’lum pnevmoniya o‘choqlari paydo bo‘lgani haqida yozdi. Nashrning ta’kidlashicha, Xitoy shifoxonalari "kasal bolalar bilan to‘lib-toshgan" va pnevmoniya bilan kasallanish butun mamlakatda, shu jumladan Pekinda ham yomonlashgan. Keyinchalik JSST Xitoy shimolida, asosan, bolalarga ta’sir ko‘rsatadigan sirli pnevmoniya epidemiyasi haqida qo‘shimcha ma’lumot bergandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61305 | Инструменты