Xitoy bozorini elektr avtomobillar egallamoqda
Xitoyda eletrik, gibrid, hamda vodorod yoqilg’isida ishlaydigan avtomobillar kun sayin ommalashib bormoqda. 2025 yilga borib ushbu turdagi mashinalar barcha avtomobillarning sotuvida hozirgi 5% dan 20% ulushga egalik qilishi prognoz qilinmoqda.
Hukumat xabariga ko’ra, ekologik toza mashinalarni ishlab chiqaruvchilar uchun yangi kvota tizimi ishlab chiqiladi.
Yanvar oyida tadbirkor va muxandis Ilon Mask Teslaning Model Y modelini Shanhaydagi zavodda ishlab chiqarilishini yo’lga qo’ydi.
Ushbu oydan boshlab Xitoyda yaratilajak Model 3 mashinalari Yevropaning 10 davlatiga eksport qilinadi.
May oyida esa Volkswagen Xitoy elektromobil bozoriga $2.33 milliard sarmoya kiritishini ma’lum qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51519 | Инструменты