Xitoy koronavirus genomini dunyoga taqdim etib “tarixda iz qoldirdi”, dedi Xitoylik ekspert

Xitoy Kasallikni nazorat qilish va oldini olish markazining bosh vrachi mamlakat tomonidan virus genomining vaqtida ochiqlanishi, kasallikning oldini olishga hizmat qilganini va bu voqea tarixiy ekanini e’tirof etdi.

Mahalliy telekanalga bergan o’z intervyusida Vu Zunyou Xitoy tomonidan genom bo’yicha ma’lumotlar juda tez fursatda Jahon Sog’liqni Saqlash tashkiloti va boshqa davlatlarga taqdim qilinganini ma’lum qildi. Uning fikricha, aynan shunday “tezkorlik” qisqa vaqt mobaynida testlarni yaratishga imkon berdi.

"30 yillik tajribamga tayanib shuni ayta olamanki, biz qo’limizdan kelganini qildik va ajoyib natijaga erishdik. Dunyoning hech bir davlati Xitoyning bu muvaffaqiyatini takrorlay olmaydi”, - dedi Vu.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71704 | Инструменты