Xitoyda 11 ta infeksiya xolati qayd etildi
Xitoy Milliy sog'liqni saqlash komissiyasi kuni kecha mamlakatda 11 nafar chet eldan kirib kelgan fuqaroda COVID-19 borligi aniqlanganini ma’lum qildi.
Bemorlarning olti nafari Shanxayda, uch nafari Janubiy Xitoyning Guandun provinsiyasida, bir nafari Syanszin shaharchasida, va yana bir nafari esa Futzyan sharqiy provintsiyasida aniqlangan.
Komissiya ma'lumotlariga ko'ra, chorshanba kuni kasallik bilan bog'liq hech qanday o'lim qayd etilmagan.
Bundan tashqari, to'rt bemor shifoxonadan chiqarildi, 358 nafarga yaqin bemorlar bilan aloqada bo’lganlar tibbiy kuzatuvdan qo’yib yuborildi.
Xitoyda shu kungacha 4,634 kishi COVID-19 infeksiyasidan vafot etdi.
Komissiya ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda tibbiy kuzatuv ostida 3,179 nafar kishi bor.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71702 | Инструменты