Huawei 1
Xitoyda 5G aloqa tarmog‘idan foydalanuvchilar soni 1 milliarddan oshdi

Xitoyda 1 milliarddan ortiq beshinchi avlod mobil aloqa foydalanuvchilari bor. Bu haqda China Mobile, China Unicom va China Telecom uchta asosiy aloqa operatlari hisobotida so‘z boradi.

XXR Sanoat va axborotlashtirish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil sentabr oyi holati bo‘yicha Xitoyda 4 milliondan ortiq 5G bazaviy stansiyalari qurilgan. Beshinchi avlod aloqa tarmog‘i aholining 70 foizini qamrab olgan, o‘ta tezkor gigabit simli internet foydalanuvchilari soni esa 196 million kishini tashkil etmoqda.

Yevropa Ittifoqi va XXR hamkorlikda beshinchi avlod mobil aloqasi tizimini yaratish haqidagi shartnomani 2015 yilda imzolagan edi. O‘shanda Xitoy bu loyihaga 315 milliard yevro ajratishi ma’lum bo‘lgandi.

2019 yilda Berlin va Bonn shaharlarida beshinchi avlod mobil aloqa tarmog‘i, 2020 yilda esa Tibetda dunyodagi eng baland joylashgan 5G standartidagi mobil aloqa stansiyasi ishga tushgandi. Ushbu stansiya dunyoning eng baland cho‘qqisi Everestni mobil aloqa bilan qoplashni ta’minlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102514 | Инструменты