Yaponiyaning Yamagata prefekturasida sigirlarni yoppasiga bo‘yash boshlanib ketdi, deb xabar berdi South China Morning Post nashri. Mol terisiga yo‘l-yo‘l chiziqlarni chizish uchun fermerlar aerozol bo‘yoq yoki yengil oqartirgichlardan foydalanishmoqda.
G‘alati bu usulning samarali ekanini olimlar 2019-yilda PLoS ONE jurnalida chiqqan maqolada isbotlab berishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, pashsha-chivinlarni tinmay haydayverishdan sigirlar og‘ir stressga tushib, bir daqiqada o‘rtacha 16 marta asabiylashadi. Bu oxir-oqibat buzoqlar tug‘ilishining kamayishiga olib kelarkan.
Mol terisidagi yo‘l-yo‘l chiziqlar sababli chivinlar qo‘nishga joy tanlay olmay, ortiga uchib ketadi, natijada jonivorlardagi bezovtalik hissi uch martagacha kamayadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11318 | Инструменты