Yaponiyada vazirlar mahkamasi butunlay iste'foga chiqdi. Bosh vazir Fumio Kisida vazirlarning iltimoslarini qabul qildi.
Kisida tez orada Liberal-demokratik partiyaning hukmron koalitsiyadagi hamkori bo‘lgan Komeito partiyasi rahbari Natsuo Yamaguchi bilan uchrashuv o‘tkazadi. Siyosatchilar yangi vazirlar mahkamasini shakllantirish masalasini muhokama qiladi. Jarayon tugagach, yangi vazirlar maxsus marosimda Yaponiya imperatori Naruxito tomonidan tasdiqlanadi.
Yangi hukumat 19 vazirdan 13 nafarini almashtiradi, ulardan 11 nafari birinchi marta vazir lavozimini egallashi kutilmoqda. Shuningdek, yangi hukumatda beshta lavozimga ayol kishi tayinlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122022 | Инструменты