Huawei 1
Yaponiyalik olimlar dunyodagi birinchi yog‘och sun’iy yo‘ldoshni ishlab chiqdi hamda uni koinotga uchirdi

Dunyoda yog‘ochdan yasalgan ilk sun’iy yo‘ldosh Amerikaning SpaceX kompaniyasi missiyasi doirasida koinotga uchirildi, deb xabar berdi Reuters agentligi.

Kioto universiteti va Sumitomo Forestry qurilish kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Yaponiyaning LignoSat yog‘och sun’iy yo‘ldoshi Xalqaro kosmik stansiyaga yetkazib beriladi va Yerdan taxminan 400 kilometr balandlikda orbitaga chiqariladi.

LignoSat Yaponiyada o‘sadigan magnoliya turlaridan birining yog‘ochidan tayyorlanadi. Kaft o‘lchamidagi sun’iy yo‘ldosh Oy va Marsni o‘rganishda yog‘ochdan foydalanishni sinovdan o‘tkazish doirasida “qayta tiklanadigan materialning kosmik salohiyatini” namoyish etish uchun mo‘ljallangan, deb yozadi agentlik.

“O‘zimiz ishlab chiqara oladigan yog‘och yordamida biz uylar qurish, kosmosda abadiy yashash va ishlash qobiliyatiga ega bo‘lamiz”, — dedi Kioto universiteti astronavti va tadqiqotchisi Takao Doi. Uning jamoasi yaqin 50 yil ichida Oy va Marsda daraxt ekish va yog‘och uylar qurishni rejalashtirmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110617 | Инструменты