Huawei 1
Yevroittifoq G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami uchun yana 68 mln yevro ajratmoqda

Yevropa Ittifoqi G‘azo sektoridagi muhtoj fuqarolarga yana 68 million yevro miqdorida gumanitar yordam beradi

"G‘azo sektoridagi og‘ir gumanitar inqirozning davom etishi va ehtiyojlar tobora ortib borayotgani sababli, Yevropa komissiyasi falastinliklarga moliyaviy yordamni oshirmoqda", — deyiladi 26 aprel, juma kuni chop etilgan press-relizda.

Yordam mintaqadagi falastinliklarni qo‘llab-quvvatlayotgan "sherik tashkilotlar" orqali amalga oshiriladi. Bu harakatlar "tezkor zarur oziq-ovqat yordami, sog‘liqni saqlash, suv, sanitariya va uy-joy yordamini kengaytirishga qaratilgan", deya aniqlik kiritdi Bryussel. Shu tariqa, 2024-yilda G‘azo sektorida muhtoj bo‘lgan falastinliklar uchun Yevropa Ittifoqining gumanitar yordami umumiy miqdori 193 million yevroni tashkil qiladi.

Mintaqada olti oydan ortiq davom etayotgan harbiy amaliyotlar Isroil armiyasining bombardimonlari va quruqlikdagi amaliyotlari chog‘ida G‘azo sektorida sezilarli vayronagarchiliklarga olib keldi. YeI ma’lumotlariga ko‘ra, hozir mintaqadagi ikki millionga yaqin tinch aholi gumanitar yordamga muhtoj.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111902 | Инструменты