Huawei 1
Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan hamkorlik qilgani uchun Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan hamkorligi uchun Eronga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qulladi va bu ro‘yxatga 7 nafar jismoniy va yana 7 ta yuridik shaxsni kiritdi. Ularning barchasi, YeIga ko'ra, Rossiyaga ballistik raketalarni topshirish uchun javobgardir. Moskva va Tehron Ukrainaga qarshi urushda foydalanish uchun Eron qurollarini Rossiyaga yetkazib berishni rad etadi.

YeI tashqi ishlar vazirlarining Lyuksemburgdagi yig‘ilishida shunday qaror qabul qilindi. Sanksiyalar Eronning uchta aviakompaniyasiga (Iran Air, Saha Airlines, Mahan Air), shuningdek, to'rtta sanoat va transport kompaniyasiga, jumladan, eng yirik alyuminiy ishlab chiqaruvchilardan biri - Iran Alumina Company'ga ta'sir ko'rsatdi.

Sanksiyalar, shuningdek, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining “Quds” kuchlarining uch nafar a’zosi, Eronning Rossiyadagi elchixonasi harbiy attashesi Rizo Xosraviy Mog‘addam va Eron Mudofaa vaziri o‘rinbosari Seyid Hamzehni ham o‘z ichiga olgan.

Yevropa Ittifoqining Eronga nisbatan Rossiya bilan hamkorlik qilish, shuningdek, “Yaqin Sharq va Qizil dengiz mintaqasidagi qurolli guruhlar va tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun” ilgari tasdiqlangan sanksiyalari 2025-yil 27-iyulgacha amal qiladi. Bu rejim, boshqa Yevropa Ittifoqi sanksiyalari rejimlari kabi, muntazam ravishda ko'rib chiqiladi va uzaytiriladi. Hozirda 20 dan ortiq shaxs va tashkilotlar ushbu rejim ostida sanksiyalar ostida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101419 | Инструменты