YXHT Belarusdagi saylovlarga kelmaydi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Belarus Respublikasida bo'lajak prezidentlik saylovlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etmaydi. Tashkilot xabarida aytilishicha, mamlakat hukumati ularni saylovga taklif qilmadi.

Belarus tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili voqea yuzasidan izoh bermadi. Minsk esa avvalroq tashkilotga saylovlarni kuzatish uchun taklifnoma yuborishini xabar qilgan edi.

"Saylovlarni kuzatishni istaysizmi? Bemalol, ertagayoq kelishingiz mumkin. Biz bunga qarshi emasmiz. Yashiradigan hech narsa yo'q. Ammo bizga barmog'ingiz bilan qanday yashashni o'rgatishingiz kerak emas", dedi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90904 | Инструменты