Huawei 1
Zelenskiy BMTni Kaxovka GESining buzilishiga munosabati uchun tanqid qildi

Ukraina BMT va Qizil Xoch jamiyatidan Kaxovka GESidagi falokatni bartaraf etish uchun so’ragan yordamiga javob olmadi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 7-iyun kuni Bild gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Biz javob olmadik. Men hayratdaman", dedi u.

Shu bilan birga, Zelenskiy Xerson viloyatidagi favqulodda vaziyat joyida "birinchi bo’lib hayotni saqlab qolish uchun" BMT hamda Qizil Xoch xodimlari bo’lishi kerakligini, ammo ular u yerda emasligini ta’kidladi.

Ukraina rahbari o’zining kundalik kechki videomurojaatida Xalqaro Qizil Xoch qo’mitasi va boshqa xalqaro tashkilotlarni “zudlik bilan qutqaruv operatsiyasiga qo’shilishga” qayta chaqirdi. Ayniqsa, Rossiya tomonidan bosib olingan hududlar aholisi uchun yordam zarur, deya qo’shimcha qildi prezident.

“U yerda halok bo’lgan har bir inson – bu mavjud xalqaro arxitektura va hayotni qanday saqlab qolishni unutgan xalqaro tashkilotlarga nisbatan hukmdir. Agar hozir ushbu falokat zonasida xalqaro tashkilot bo’lmasa, demak u umuman yo’q, demak u qobiliyatsiz”, dedi Zelenskiy.

BMT uning guruhi Xersonda ekanligini aytdi

O’z navbatida, BMTning gumanitar bo’limi Xersonda yordam sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish uchun guruh yuborilganini ma’lum qildi, deya xabar beradi Reuters agentligi.

Tashkilotning ta’kidlashicha, suv bosgan hududlarda ichimlik suvi ta’minoti katta muammoga aylangan va 7-iyun oqshomiga qadar taxminan 12 ming butilka suv va 10 mingta tozalovchi tabletka tarqatilgan.

Eslatib o'tamiz, Ukrainaning Xerson viloyatidagi Kaxovskaya GESi 6-iyun kuni ertalab vayron bo‘ldi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi Kaxovskaya GESidagi portlash munosabati bilan Ukraina iltimosiga ko‘ra favqulodda yig‘ilish e’lon qildi. Yig'ilishda Rossiya va Ukraina tomoni bir-birini Kaxovka to'g'onini buzishda aybladi. 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiybing aytishicha, GES vayron boʻlgani sababli 80 ta aholi punkti suv bosishi xavfi ostida qolgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51118 | Инструменты