Zelenskiy XVJ talablarini “sharafsiz” deb atadi. U mamlakat yangi kreditga muhtoj ekanini ta’kidladi
Ukraina joriy yilning kuz faslida Xalqaro valyuta jamg'armasining navbatdagi transhini olish uchun barcha talablarini bajaradi. Ammo ushbu talablar, mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyning so’zlariga ko’ra, adolatsiz va sharafsizdir.
"XVJ bizdan ba’zi talablarning bajarilishini kutmoqda. Ular bajarilsa biz navbatdagi transhni olamiz. Ukrainada urush davom etayotgan bir davrda bunday talablarning qo’yilishi noo’rin”, dedi Zelenskiy Reuters agentligiga bergan intervyusida.
"Lekin bu ularning huquqi", deya qo'shimcha qildi u.
Jamg’arma o'tgan yildan beri Kiyevga 18 oylik Stand-by dasturi doirasida $5 milliard dollarlik yangi transhlarni ajratishni kechiktirib kelmoqda. Kreditorning ta’kidlashicha, Kiyev islohotlarda ko’proq siljishni isbotlashi kerak.
"Menimcha, Jamg’arma Ukrainaning xatti-harakatlari strategiyasi va amaliyotini boshqa davlatlar bilan taqqoslashi noto’g’ri. Bizdagi vaziyat butkul boshqacha, bizda boshqa imkon yo’q”, dedi Ukraina prezidenti.
Xalqaro valyuta jamg'armasi esa Ukraina Milliy bankidan, hamda korruptsiyaga qarshi idoralardan sud tizimining isloh qilinishini talab qilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61302 | Инструменты