Huawei 1
Zelenskiyning Nyu-Yorkka safari chog‘ida uning qo‘riqchisi mushtlashdi

Zelenskiy boshchiligidagi Ukraina delegatsiyasiga Nyu-Yorkka safari chog‘ida hamrohlik qilgan xavfsizlik xodimi barda mushtlashdi

Ma’lum qilinishicha, hodisa 21-sentabr kuni BMT idorasi yaqinida joylashgan The Campbell barida sodir bo‘lgan. Qo‘riqchi mast bo‘lgan, puli tugagan va bepul ichimlik talab qila boshlagan. Bundan tashqari, u barmen va bardagilardan “Ukrainaga shon-sharaf” deb baqirishni talab qilgan. Talab bajarilmagach, u mushtlashishni boshlagani aytilmoqda.

Guvohlarning aytishicha, Zelenskiyning qo‘riqchisi mast va agressiv bo‘lgan. Oqibatda Ukraina delegatsiyasi a’zosi jarohat olgan. Uning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berilmagan. Mushtlashuvning qolgan ishtirokchilari politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50714 | Инструменты