Huawei 1
O‘zbekistonda BYD Seagull va E2 elektromobillarini ishlab chiqarish boshlanadi

BYD Uzbekistan Factory xitoylik hamkorlari bilan yangi modellarni ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu haqda "O‘zavtosanoat" AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya xabarida keltirilishicha, ishlab chiqarish uchun ko‘zda tutilgan yangi modellar orasida BYD Seagull va E2 ham bor. Ularning birinchi namunalari sinov laboratoriyalarida tekshirilmoqda.

"BYD Seagull va E2 modellari uchun sertifikat sinovlarini o‘tkazish maqsadida ushbu avtomobillar UzTest davlat muassasasining Quality and Safety Testing sinov laboratoriyalari kompleksiga topshirildi", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82400 | Инструменты