Huawei 1
Yevropa chempionati va Kopa Amerika musobaqasidan so‘ng "Oltin to‘p" uchun daʼvogarlar reytingi o‘zgardi

Yevro-2024 va Amerika kubogi-2024 yakunlariga ko‘ra, Goal nashri o‘z talqinida "Oltin to‘p" uchun daʼvogarlar reytingini yangiladi.

Unga ko‘ra, Yevropa chempioniga aylanib, turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan Rodri «Oltin to‘p» uchun asosiy daʼvogarga aylandi.

Shuningdek, La Liga va YECHL g‘olibligidan keyin Ispaniya bilan Yevroda chempion bo‘lgan Dani Karvaxal 4-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, Amerika kubogida Argentinaga chempionlikni keltirgan Lautaro top-5likdan joy oldi. Messi esa 19-o‘rindan 16-pog‘onaga ko‘tarilgan. Krishtianu Ronaldu top-20likni tark etgan.

Top-20 daʼvogarlar reytingi bilan tanishing:

1. Rodri ("Manchester Siti")

2. Vinisius Junior (“Real”)

3. Jud Bellingem (“Real”)

4. Daniel Karvaxal (“Real”)

5. Lautaro Martines (“Inter”)

6. Toni Kroos (faoliyatini yakunladi)

7. Kilian Mbappe (“Real”)

8. Harri Keyn (“Bavariya”)

9. Filip Foden ("Manchester Siti")

10. Niko Uilyams (“Atletik”)

11. Florian Virts (“Bayer”)

12. Lamin Yamal (“Barselona”)

13. Erling Holand ("Manchester Siti")

14. Emiliano Martines ("Aston Villa")

15. Alvaro Morata (“Atletiko”)

16. Lionel Messi ("Inter Mayami")

17. Xulian Alvares ("Manchester Siti")

18. Dani Olmo ("RB Leypsig")

19. Bukayo Saka (“Arsenal”)

20. Rodrigo (“Real”).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82403 | Инструменты