Huawei 1
Toshkentda hindistonlik erkakning jasadi tan jarohatlari bilan topildi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan xususiy firmada ishlab kelgan 1963-yilda tug‘ilgan Hindiston fuqarosi Sh.Samar o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar qildi.

Bildirilishicha, marhum Toshkentda vaqtincha ro‘yxat asosida yashab kelgan. U vafotidan oldin ingliz va rus tillarida tilxat yozib qoldirgan. Unda asosan moddiy qiyinchilikka tushib qolgani, o‘z joniga o‘zi qasd qilgani, ushbu holat bo‘yicha hech kimga hech qanday da’vosi yo‘qligi haqida yozilgan. 

Shuningdek, marhum tilxatda tanasini Hindiston Respublikasiga jo‘natilishini iltimos qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Sh.Samar 12-iyul kuni taxminan soat 12:00-13:00 oralig‘ida firma binosi ichidagi hammomxonada  o‘zining chap bilak sohasi tomirlariga va bo‘yin sohasiga ustara yordamida jarohat yetkazib, o‘z joniga qasd qilgan. 

Hozirda ushbu holat yuzasidan Yakkasaroy tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82323 | Инструменты