Huawei 1
Urganch aeroportidagi ta’mirlash vaqti yo‘lovchilar Nukusgacha bepul transfer qilinadi 

Avval xabar qilinganidek, Urganch xalqaro aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagi rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan 2024-yilning 20-iyulidan 7-avgustiga qadar yopiladi.

Rekonstruksiya davrida barcha rejalashtirilgan reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yo‘naltiriladi. “Uzbekistan Airports” yoʻlovchilarga Nukus va Urganch aeroportlari oʻrtasida bepul transfer xizmatini taqdim etadi. Avtobuslar yo‘lovchilarni jo‘nab ketishda ham, uchib kelishda ham manzil aeroportiga olib boradi.

Masalan, Urganchdan Moskvaga HY-9615 reysi bilan uchayotgan yo'lovchilar Urganch aeroportiga soat 23:00 da yetib kelishlari lozim. Jadvalga ko‘ra, avtobuslar yo‘lovchilarni Urganch aeroportidan soat 23:30 da olib ketadi. Soat 02:30 da yoʻlovchilar Nukus aeroportiga yetkaziladi va u yerdan Moskvaga uchishadi. Moskvadan qaytgan yo‘lovchilarni Nukusdan Urganchga yetkazish jarayoni ham xuddi shunday tashkil etiladi. Nukus aeroportida chegara nazoratidan o‘tib, yuklarni qabul qilib olgan yo‘lovchilarni Urganchga yo‘l oladigan avtobuslar kutib turadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82308 | Инструменты