Huawei 1
22-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Qoraqalpoq o‘tovi Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

Nukus shahri hududidagi “Oq qush” majmuasida barpo etilgan dunyodagi eng katta diametrli qoraqalpoq xalqining milliy qora uyi (o‘tov) Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Mazkur o‘tovning diametri 40,5 metrdan iborat.

Yangi Toshkent shahrini qurish uchun viloyatdan 158,67 gektar yer maydoni ajratildi

Bu haqda viloyat hokimining tegishli qarori imzolandi.

Deputatlar davlat mudofaa buyurtmasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

Hujjat xavfsizlikni taʼminlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bilan bog‘liq davlat mudofaa buyurtmasi masalalari bo‘yicha munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

Maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlari o‘zgartirildi

Prezident qarori bilan, IIO, bojxona, milliy gvardiya va harbiy xizmatdagi maxsus unvonlar uchun xizmat qilish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Energetika vazirligi: Iyul oyida ijtimoiy norma doirasidagi iste’molchilar soni 69%ga kamaydi

Hukumat huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasiga ko‘ra, joriy yilda aholi tomonidan 21,2 mlrd kVt/soat elektr energiyasi iste’moli rejalashtirilgan.

Sergelida 24/7 ishlaydigan gastronomik ko‘cha barpo etiladi

Poytaxtning Sergeli tumanida kecha-yu kunduz faoliyat yuritadigan gastronomik ko‘cha quriladi.

IIV: Ichki ishlarda pensiyaga chiqish uchun xizmat muddatini 25 yilga uzaytirish haqidagi xabarlar yolg‘on

Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlarida pensiyaga chiqish uchun xizmat muddatini 25 yilga uzaytirish mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Sanepidqo‘mita: O'zbekiston aholisining aksariyat qismida maymunchechagiga qarshi jamoaviy immunitet mavjud

Sanepidqo‘mita kasallik tarqalishini oldini olish maqsadida bir qancha tavsiyalar berdi.

“Tashabbusli budjet”ning joriy yilgi 2-mavsumiga start berildi

Qayd etilishicha, ovoz berish jarayonlari 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.

O'tgan 7 oyda O‘zbekiston eksporti kamayib, import hajmi ortdi

Yanvar–iyul oylarida O‘zbekiston eksporti hajmi 1,01 foiz kamaydi, importi esa 10,1 foizga o‘sdi. Mashinalar va transport asbob–uskunalari importi eng katta ulushni tashkil etdi — 7,8 milliard dollar. Shu bilan birga, 2,7 milliard dollarlik kimyoviy vositalar, 2,5 milliard dollarlik mineral yoqilg‘i, yog‘lash moylari, 2 milliard dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar import qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91301 | Инструменты