Netflix sarkarda Amir Temur hayoti haqida tarixiy film suratga olishga hozirlik ko‘rmoqda.
Manbalarda aytilishicha, suratga olish jarayonida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Amerika kino ijodkorlari va mutaxassislari ishtirok etadi. Kartina yaratuvchilari suratga olishda ishtirok etadigan aktrisalardan birining ismini oshkor qilishdi. Bosh rollardan birini o‘zbek aktrisasi Yulduz Rajabova ijro etadi.
Bir kun avval kinoaktyor Javоhir Zokirov ushbu loyihada ishtirok etish uchun kastingda qatnashayotgani haqida Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21504 | Инструменты