O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va O‘zbekiston futzal federatsiyasi rahbariyati tomonidan «O‘zbekistonda futzalni rivojlantirishning 2025-2028 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi» hamda mamlakatimiz futzal milliy jamoalarining yangi bosh murabbiylarini tanishtirish marosimi o‘tkazildi.
Unda Nodir Eliboyev futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi deb e’lon qilindi. Braziliyalik Maurisio Teysheyra esa jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy etib tayinlandi.
Tadbirda, shuningdek, futzal bo‘yicha O‘zbekiston ayollar va yoshlar jamoalarining ham murabbiylari tanishtirildi:Farrux Zokirov — O‘zbekiston ayollar jamoasi bosh murabbiyi.
Konstantin Sviridov — O‘zbekiston yoshlar jamoasi bosh murabbiyi.
Dilshod Rahmatov — O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi bosh murabbiyi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21512 | Инструменты