O‘zbekistonlik aktyor va aktrisa xalqaro kinofestivalda mukofotlandi

Sankt-Peterburgda IV “Lendok” Xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematorgafiya agentligi vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Taniqli rejissyor Ali Hamroyev kinofestival hay’ati a’zolari tarkibidan joy oldi.

Festival doirasida badiiy, hamkorlikda ishlangan va boshqa filmlarning tanlovlari o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Eron, Bahreyn, Suriya, Turkmaniston, Rossiya va Belarus kabi davlatlarning kino san’ati ustalari ishtirok etdi.

Tanlov dasturida qatnashish uchun 300 ga yaqin ariza topshirildi, hakamlar 10 ta filmni saralab olishdi.

Xususan, iqtidorli aktyor Saydulla Moldaxanov va aktrisa Oysanam Yusupova “O‘zbek qizi” va “Dasht” badiiy kinofilmlari bilan “Eng yaxshi ayol roli” va “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyalarida mukofotga sazovor bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91511 | Инструменты