Tarbiyalanuvchilarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik sodir etib, ma’muriy javobgarlikka tortilgan pedagoglarga 1 yil davomida bog'cha, maktab va hatto o'quv markazlarida ham ishlashga ruxsat berilmaydi
Joriy yil 11-sentyabr kuni qabul qilingan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi yoki enaga bolaga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik qilsa, kamsitsa yoki xo‘rlasa BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima to'laydi.
Agar ushbu voqeada jinoyat alomatlari, shuningdek, belgilangan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud bo‘lsa javobgarlik ham o'zgaradi.
Bundan tashqari, davlat yoki nodavlat muassasalarining to‘liq ta’minotida bo‘lgan bolaga aliment to‘lashi shart bo‘lgan ota yoki ona bu to‘lovdan ozod qilinmaydi.
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola foydasiga ota-onadan undirilishi belgilangan aliment miqdori kamaytirilmaydi, agar bu joiz bo'lib qolsa, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali belgilanadi.
Shuningdek, tarbiyalanuvchilarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik sodir etib, ma’muriy javobgarlikka tortilgan pedagoglar 1 yil davomida quyidagi ta’lim tashkilotlarida ishlay olmaydi:
Mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91413 | Инструменты