Huawei 1
Qoraqalpogʼiston xalq rassomi Igor Savitskiyning haykalini yaratish bo‘yicha tanlov e'lon qilindi

O‘zbekiston madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan betakror isteʼdod egasi, Qoraqalpog‘istondagi davlat sanʼat muzeyi asoschisi, O‘zbekiston sanʼat arbobi, Qoraqalpogʼiston xalq rassomi Igor Vitalyevich Savitskiyning xotirasini abadiylashtirish maqsadida I.Savitskiyning haykalini yaratish bo‘yicha ijodiy tanlov e'lon qilindi.

Tanlov shartlari quyidagicha:

– haykal betakror badiiy-meʼmoriy yechimga ega, yuksak estetik talab darajasida va badiiy g‘oya izchilligiga ega bo‘lishi kerak;

– ijodiy tanlovda yo‘nalish bo‘yicha mutaxassis haykaltaroshlar, monumental sanʼat sohasida va zamonaviy shaharsozlikda haykallarni o‘rnatish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin;

– loyiha eskizlarining tanlovga mo‘ljallangan modeli ko‘chirish va uzoq muddat saqlashga mo‘ljallangan istalgan materialdan tayyorlanishi mumkin.

Haykal Qoraqalpogʼiston Respublikasi I.V.Savitskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi hududida o‘rnatiladi.

Tanlovga taqdim etiladigan eskiz loyihalari 2022-yilning 5-oktabriga qadar quyidagi manzilda qabul qilinadi: Toshkent shahri, S. Аzimov ko‘chasi, 35-uy

Tanlov bilan bog'liq savollarga (71) 232 – 06 – 75; (94) 630 – 77 – 55 telefonlari orqali javob olish mumkin.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Muxtor Ashrafiy tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab tanlov e'lon qilingani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22121 | Инструменты