2024-yilda O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 896,3 trln so‘mni tashkil qildi

2024-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 896,3 trillion so‘mni tashkil qildi. Bu haqida Statistika agentligi xabar berdi.


Foto: Stat.uz

Iste’mol narxlarining o‘zgarishi sababli 2023-yilga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real o‘sish sur’ati 108,1% ni tashkil etdi.

Aholining umumiy daromadlari nominal o‘sish sur’ati esa 118,5% ni tashkil qilgan.

Avvalroq, O‘zbekiston nomidan va kafolati asosida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmi oshirilishi haqida xabar qilingandi. Davlat budjetidan davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratiladigan transfertlar miqdorlari, ushbu jamg‘armalarning daromadlari hamda xarajatlari o‘zgartirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51702 | Инструменты