Huawei 1
2025 yil uchun $2 mlrd grant olish bo‘yicha har bir vazirlik, tarmoq va hududlarning rejalarini shakllantirish topshirildi

Prezident investitsiya loyihalarida mahalliy komponentlarni ko‘paytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi.

Buning hisobiga juda ko‘p yangi ish o‘rinlari yaratilishi, valyuta tejalishi va yondosh sohalar rivojlanishi ko‘rsatib o‘tildi.

Viloyat hokimlariga har oy tadbirkorlar bilan yarmarka o‘tkazib, o‘zida yangi-yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Hozir amalga oshirilayotgan 75 milliard dollarlik yirik investitsiya loyihalarining 28 milliard dollarini mahalliy mahsulotlar orqali qoplash mumkinligi hisob-kitob qilingan.

Mutasaddilarga tarmoqlar va viloyat hokimlari bilan birgalikda tuman va korxonalar kesimida 2025 yilda yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha dastur tayyorlash topshirildi.

Ilg‘or korxonalar mustaqil ravishda tashqi bozorlarga chiqib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag‘ olib kelishni boshlagan.

Savdo-sanoat palatasida Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga ko‘maklashish markazi tashkil qilindi.

Yil yakunigacha kamida 200 ta tadbirkorni xalqaro moliya bozoridan 2 milliard dollar jalb qilishga tayyorlash muhimligi taʼkidlandi.  

Shuningdek, bu yil OKMK 1 milliard, NKMK 500 million, “Navoiyuran” va “O‘zmetkombinat” har biri 300 million dollarlik yevrobond joylashtirishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports”, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ham xalqaro reyting olib, tashqi bozordan jami 700 million dollar olib kelishi muhimligi taʼkidlandi.

2025 yil uchun 2 milliard dollar grant olish bo‘yicha har bir vazirlik, tarmoq va hududlarning rejalarini shakllantirish topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11621 | Инструменты