Huawei 1
Rossiyalik ekspert Husanovni sotib olmagan rus klublarini tanqid qildi

Moskvaning “Spartak” klubi o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov Belarus chempionatida to‘p surayotganda uni qo‘lga kiritish imkoniyatini qo‘ldan boy bergan. Bu haqda rossiyalik taniqli futbol eksperti Yuriy Syomin “Metaratings”ga bergan intervyusida aytdi.

Syomin Husanovning “Energetik-BGU” tarkibidagi o‘yini Rossiya klublari skautlarining e’tiborini tortmaganidan hayratda. Ayniqsa, iqtidorli futbolchini "Spartak" atigi 100 ming dollar sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Syomin bu transfer “qizil-oqlar”ga sezilarli foyda keltirishiga ishongan.

“Nega “Spartak”ning oldingi rahbariyati Belarus chempionatiga e’tibor bermadi? Qanday qilib ular shunday yorqin o‘yinchini ko‘rmagan bo‘lishi mumkin?” deydi Syomin.

Qayd etish joiz, 2025 yilning 3 yanvar kuni ispaniyalik Frensis Kajigao “Spartak” sport direktori lavozimiga tayinlangan edi. Uning shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Ayni paytda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ga o‘tishga yaqin turibdi. Tez orada “Man Siti” 20 yoshli futbolchi transferini e’lon qiladi va bu o‘zbek futboli tarixidagi eng qimmat bitimga aylanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11622 | Инструменты