Huawei 1
Toshkentda 51 yoshli “zakladchik” qo‘lga olindi

Toshkent shahrida o‘z uyining yo‘lak qismida 79 dona o‘ramda giyohvand modda saqlagan 51 yoshli “zakladchik” qo‘lga olindi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasida tezkor tadbir o‘tkazilmoqda. Tezkor tadbir natijasida 1973 yilda tug‘ilgan N.D. o‘zini shubhali tutganligi sababli to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilgan. Shaxsiy tintuv jarayonida uning yonidan 5 gramm o‘tkir hidli jigarrang saqichsimon modda topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan. Surishtiruvlar davomida u yashab kelayotgan uyning yo‘lak qismiga 79 dona qora sellofan paketga o‘ralgan jigarrang o‘tkir hidli moddalar va jigarrang quritilgan o‘tsimon modda yashirilgani aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Aniqlangan ashyoviy dalillar yuzasidan sudga oid kimyoviy ekspertiza tayinlanib, hujjatlar tergov bo‘limiga taqdim etilgan, gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan.

“Bu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish maqsadida tezkor tadbirlar qat’iy va murosasiz davom ettiriladi”, deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11622 | Инструменты