Huawei 1
8 oyda 162 ming tonna karam eksport qilingan

Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024 yil yanvar-avgust oylarida qiymati 42,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 162 ming tonna karam eksport qilgan.

Karam eksporti qiymati 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 21,5 mln AQSH dollariga oshgan.

2024 yilning 8 oyida O‘zbekiston eng ko‘p karam eksport qilgan davlatlar:

— Rossiya – 84,8 ming tonna

— Qozog‘iston – 64,7 ming tonna

— Qirg‘iz R. – 7,8 ming tonna

— Belarus R. – 3 ming tonna

— Latviya – 1,3 ming tonna

— Tojikiston – 121 tonna

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100512 | Инструменты