Huawei 1
Reuters: Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, Saudiya Arabistoni Isroilni tan olishi mumkin

AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner AQSH, Saudiya Arabistoni va Isroil o‘rtasidagi diplomatik muzokaralarda ishtirok etdi. Reuters manbasiga tayanib xabar berishicha, muzokaralardan maqsad Ar-Riyod va Tel-Aviv o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish hamda Isroilni davlat sifatida tan olish bo‘lgan.

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon al-Saud, agar Donald Tramp AQSHdagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Isroilni tan olishi mumkin, chunki sobiq prezident arab shahzodasi bilan iliq munosabatlarni saqlab kelgan. Bunda Kushner muzokaralarda vositachi vazifasini bajaradi. Qayd etilishicha, munosabatlarni normallashtirish yo‘lida demokrat nomzod Kamala Harris g‘alaba qozongan taqdirda ham murosaga erishiladi, ammo bu holatda bitim tuzish uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘lishi mumkin.

Manba muzokaralar G‘azo sektorida mojaro boshlanishidan oldin yoki keyin bo‘lib o‘tganiga aniqlik kiritmagan. Ta’kidlanishicha, muzokaralarda AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden ma’muriyati a’zolari ham ishtirok etgan. Arabistonni Isroilni tan olishga ko‘ndirish uchun prezident maʼmuriyati xavfsizlik kafolatlari, Falastin davlatini yaratish bo‘yicha saʼy-harakatlarni yangilash va Saudiya Arabistonining fuqarolik yadroviy dasturini rivojlantirishga yordam berishni taklif qilgan.

Ar-Riyod va Tel-Aviv o‘rtasidagi diplomatik jarayon Isroil armiyasining G‘azodagi operatsiyasi boshlanganidan keyin to‘xtab qoldi. Avvalroq Saudiya Arabistoni shahzodasi qirollik Falastin davlati tuzilmaguncha Isroilni tan olmasligini maʼlum qilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100513 | Инструменты